BRYANSEV GEORGIY MIXAYLOVICH

      Podpolkovnik Bryansev Georgiy Mixaylovich, 1903-yil 23-aprelda Stavropol o‘lkasining Georgievskiy tumanida tavallud topgan, millati rus, m’lumoti o‘rta, 1923 -yilda Rostov viloyatidagi tog‘ texnikumini tamomlagan.

    1939-yil sentabr oyidan 1941-yil avgust oyiga qadar Orlov viloyatining IIXX boshqarmasida avtotexnik bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 1942-yil iyun oyida Orlov viloyati IIXX boshqarmasining 4-bo‘limi 3-bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. 1942-1943-yillarda Orlov viloyati IIXX boshqarmasi 4-bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. 1943-yil oktabr oyidan 1944-yil may oyiga qadar Orlov viloyati IIXX boshqarmasi 4-bo‘limi boshlig‘i lavozimini bajaruvchi etib tayinalanadi. Nemis-fashist bosqinchilari tomonidan bosib olingan hududlarda partizanlar harakatini va frontorti razvedka-qo‘poruvchilik ishlarini tashkillashtirishda ishtirok etgan.

      Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”,
“I darajali Vatan urushi partizaniga”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

      “Bizdan qochib qutula olmaysan”, “Frontning narigi tomonida”, “Ular 4 kishi edilar”, “Ari uyasining tugallanishi”, “Sirli so‘qmoqlar”, “Havorang konvert”, “Bu Pragada bo‘lgan edi” va boshqa ko‘plab harbiy sarguzasht janridagi ommabop asarlarning muallifi hisoblanadi. Uning “Qordagi izlar” va “Yupqa muzda” asarlari asosida 1955 va 1965-yillarda zamondoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan shu nomdagi badiiy filmlar suratga olingan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI VATAN URUSHI PARTIZANIGA” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI