BOYARCHENKOV STEPAN IVANOVICH

     

        Kapitan Boyarchenkov Stepan Ivanovich, 1915-yil 8-mayda Ryazan viloyatining Sapojkovskiy tumani Sapojok shaharchasida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1957-yilda Samarqand kunduzgi-sirtqi o‘rta maktabni tamomlagan.

          1939-yil sentabr oyidan 1940-yil mart oyiga qadar Xarkov harbiy okrugi 162-o‘qchilar diviziyasi siyosiy bo‘limida yo‘riqchi, 1940-yil mart oyidan 1942-yil avgust oyiga qadar Xarkov piyodalar bilim yurti siyosiy bo‘limi yo‘riqchisi lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-1943-yillarda O‘rta Osiyo harbiy okrugi Tambov uchuvchilar aviamaktabining kursantlar rotasining siyosiy masalalar bo‘yicha komandir o‘rinbosari bo‘lgan. 1944-yil iyul oyida Ural harbiy okrugi Moskva harbiy okrugi va Leningrad oliy ofitserlar bronetank maktabiga qarashli 1-Gorkiy tankchilar bilim yurtida tahsil oladi. O‘qishni tamomlagach, Ural harbiy okrugi tarkibidagi 2-zaxiradagi tank polkida tank rotasi komandiri etib tayinlanadi. 1944-yil dekabr-1945-yil oylari davomida 2- Ukraina fronti tarkibidagi 23-alohida tank korpusining 135-Konstantinovskiy tank brigadasida tank rotasi komandiri vazifasini bajargan. 1945-yil may oyiga qadar 2- va 3-Ukraina fronti tarkibidagi 3-Chaplinsko-Budapeshtskiy tank brigadasining tank rotasi komandiri lavozimida xizmat qilgan.

            Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI