BOTKALOV SEMEN KIRILLOVICH

     Mayor Botkalov Semen Kirillovich, 1911-yil 10-oktabrda Saratov viloyati Fedorovskiy tumani Ivanovka qishlog‘ida tavallud topgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan, 1957-yilda IIXXning radiokontrrazvedka maktabi (Moskva sh.) kurslarida tahsil olgan.

      1938-yil aprel oyidan 1943-yil aprel oyiga qadar O‘zSSR IIXXning 2-maxsus bo‘limida radiooperator, katta radioperator, operativ vakil yordamichisi, operativ vakil lavozimlarida xizmat qilgan. 1943-1946-yillarda O‘zSSR DXXK operativ vakili, “B” bo‘limi bo‘linma boshlig‘i bo‘lgan. 1945-yil yanvar-1946-yil mart oylari davomida DXV “R” bo‘limining g‘arbiy operativ guruhi tarkibida dushman radiooperatorlarini aniqlash bo‘yicha, shuningdek, radiorazvedka va radiokontrrazvedka kuzatuvchi doirasida Polsha va Germaniya davlatlarida uzoq muddatli maxsus xizmat safarlarida bo‘lgan.

         Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI