BOGOSLAVSKIY VASILIY NIKIFOROVICH

          

     

        Podpolkovnik Bogoslavskiy Vasiliy Nikiforovich, 1924-yil 15-yanvarda Voronej viloyatining Elankolenovskiy tumani Burlyaeyevka qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1942 -yilda Voronej pedagogika texnikumini tamomlagan.

        1942-yilning avgust oyidan 1943-yilning iyun oyiga qadar Voronej, Stepnoy va Markaziy frontlarda 60-armiya tarkibidagi 108-alohida tankka qarshi mudofaa batalonida xizmat qilgan. 1943-yil iyun oyida Kursk viloyatining Lgov shahrida jarohat oladi va bir yarim oy mobaynida Kursk shahridagi gospitalda davolanadi. Salomatligini tiklagach,    1-Ukraina fronti tarkibidagi 60-armiyasiganing 177-zaxiradagi o‘qchilar polkiga vzvod komandiri sifatida jo‘natiladi. 1945-yil sentabr oyida “SMERSH” kontrrazvedka Bosh boshqarmasining Toshkent maktabiga o‘qishga kiradi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI