BOGOMOLOV IVAN YAKOVLEVICH

       

        Podpolkovnik Bogomolov Ivan Yakovlevich, 1912-yilda Chkalovsk viloyatining Lyuksemburgskiy tumani Yashkino qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1957-yilda Toshkent okrugi ofitserlar uyi qoshidagi o‘rta maktabning
10-sinfini, 1958-yilda marksizm va leninizm kechki universitetini tamomlagan.

        Harbiy xizmatni 1939-yil sentabr-1941-yil avgust oylari davomida alohida Uzoq Sharq armiyasida maxsus bo‘lim operativ vakili lavozimida o‘tagan. 1941-yil avgust oyidan 1943-yil aprel oyiga qadar Uzoq Sharq frontida IIXX maxsus bo‘limining tergovchisi, katta tergovchisi lavozimlarida xizmat qilgan. 1945-yilning sentabr oyigacha bo‘lgan davrda Uzoq Sharq fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida tergov bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI