BOBKOV VIKTOR TROFIMOVICH

   

        Mayor Bobkov Viktor Trofimovich, 1920-yil 20-fevralda Oltoy o‘lkasi Shipunovskiy tumani Urlapovo qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1952-yilda Qurolli Kuchlar Oliy ofitserlar avtomobili maktabini tamomlagan.

        Qizil armiyachi sifatida xizmatni 1940-yil oktabrda IIXXning temir yo‘l inshootlarini qo‘riqlash bo‘yicha 68-polkida boshlaydi. 1942 -yilda IIXX qo‘shinlarining Xarkov chegarachilar harbiy bilim yurtida tahsil oladi. 1942-yil may oyidan 1944-yil sentabr oyiga qadar IIXX qo‘shinlarining temiryo‘llarni qo‘riqlash bo‘yicha 34-diviziyasidagi 88-polkida avtotransport vzvodi komandir lavozimida xizmatni davom ettiradi. 1945-yil sentabr oyiga qadar IIXX qo‘shinlari
14-diviziyasining maneyevr guruhida avtobroneyevzvod komandiri bo‘lgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Mehnat faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“MEHNAT FAXRIYSI” MEDALI