VEDERNIKOV GEORGIY STEPANOVICH

    Katta leytenant Vedernikov Georgiy Stepanovich, 1918-yil 14-iyunda Sverdlovsk viloyati Alanaeyevskiy tumanining Mugay qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy,
1945-yilda IIXK Toshkent militsiya maktabini tamomlagan.

      Xizmatni 1941-yil iyun oyidan 1942-yil yanvar oyiga qadar IIXK ichki qo‘shinlarining 16-motoo‘qchilar polkida bo‘linma komandiri lavozimida o‘tagan. 1942-yil yanvar-may oylarida jarohat olib, 2131-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagach, IIXKning Ozarbayjon chegara okrugi 1-zaxiradagi chegara polkiga qizil armiyachilar oshxonasi mudiri-starshinasi etib tayinlanadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20, 30, 40 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI