BLINOV ALEKSANDR DANILOVICH

 

        Mayor Blinov Aleksandr Danilovich, 1920-yil 13-martda Stavropol o‘lkasining Budenovskiy tumani Arxangelskoe qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1950-yilda Sverdlovsk ofitserlar maktabini tamomlagan.

        1940-yil sentabr oyidan 1941-yil sentabr oyigacha bo‘lgan davrda Krasnodar aviatsiya bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1942-yil noyabr oyiga qadar motoo‘qchilar batalonida bo‘linma komandiri sifatida xizmat qilgan. 1942-yil noyabr-1943-yil iyun oylari davomida Manglisi piyodalar bilim yurti (Gruziya SSR)da tahsil olgan. 1945-yilning may oyiga qadar 9-havo desanti diviziyasining 152-alohida batalonida radiostansiya boshlig‘i bo‘lgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI