BERDEKOV MUXAMMEDIN

 

        Katta leytenant Berdekov Muxammedin, 1923-yil 10-oktabrda Qaraqalpog‘iston ASSning Taxtako‘pir tumanida tavallud topgan, millati qoraqalpoq, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1942-yilda Taxtako‘pir tumanidagi o‘rta maktabni, 1948-yilda Nukus shahridagi kechki maktabning 8-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1942-yil avgustda 64-zaxira polkida (Saratov viloyati) rota starshinasi lavozimida boshlaydi. 1943-yil fevral-aprel oylarida Markaziy front tarkibiga kiruvchi 13-armiyaning 74-birlashgan diviziyasi 360-polkidagi 2-batalonda minomyotchilar bo‘linmasi komandiri bo‘lgan. 1943-yil aprelda kichik leytenantlar kursiga o‘qishga yuboriladi va uni tamomlagandan so‘ng 1-Ukraina frontiga qarashli 60-armiya 148-birlashgan diviziyasining 654-polki 3-batalonida minomyotchilar vzvodiga komandir etib tayinlanadi. 1944-yil martda G‘arbiy Uraina hududlarida bo‘lgan janglarda og‘ir jarohat oladi va 5949-sonli gospitalda (Tambov sh.) davolanadi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI