BELOZOROVICH DMITRIY FEDOROVICH

 

        Podpolkovnik Belozorovich Dmitriy Fedorovich, 1920-yil 25-oktabrda Minsk viloyatining Kopilskiy tumani Pesochnoe qishlog‘ida tavallud topgan, millati belorus, ma’lumoti o‘rta-texnik, 1940-yilda Vitebsk kooperativ texnikumini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yil iyun oyida IIXKning 11-aviaeskadrilyasida (Estoniya SSR Kuressare sh.) bosh kotib lavozimida boshlaydi. 1941-yil iyul oyidan 1942-yil noyabr oyiga qadar IIXKning alohida aviabrigadasi oshxonasi mudiri (Moskva viloyati Bikovo sh.) bo‘lgan. 1942-yil noyabrdan 1943-yil iyunga qadar IIXKning alohida aviabrigadasi g‘aznachisi lavozimida xizmat qilgan. Keyinchalik Moskva oliy texnika bilim yurti qoshidagi ofitserlar tarkibini malakasini oshirish kurslarida (Novosibirsk sh.) tahsil olgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorat uchun”, “Davlat chegarasini qo‘riqlashdagi xizmati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“DAVLAT CHEGARASINI QO‘RIQLASHDAGI XIZMATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI