BELOZEROV ANATOLIY DMITRIYEVICH
Leytenant Belozerov Anatoliy Dmitriyevich, 1923-yil 27-sentabrda Kuybishev viloyatining Chapayevsk shahrida tavallud topgan, millati rus, 1941-yilda Toshkent shahridagi 118-o‘rta maktabni tamomlagan.
1942-yil avgust oyida Toshkent harbiy pulemyotchi-minomyotchilar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Stalingrad fronti tarkibidagi 36-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 104-o‘qchilar polkida vzvod komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1942-yil noyabr oyida jangda og‘ir jarohat olib, Saratov, Namangan, Toshkent shaharlaridagi gospitallarda davolanadi. Salomatligi tiklangach, 1943-yil iyunda harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlari zaxirasiga bo‘shatiladi.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” va “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.