BELOMILSEV NIKOLAY NIKIFOROVICH

 

        Mayor Belomilsev Nikolay Nikiforovich, 1923-yil 31- martda Qozog‘iston SSRning Telkubass tumanida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1949-yilda Stalinobod shahridagi o‘rta maktabning 10-sinfini, 1959 -yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        1942-yil mart-sentabr oylarida Zabaykale pulemyot-minomyotchilar bilim yurtida tahsil olgan, o‘qishni tamomlagandan so‘ng Volxov fronti tarkibidagi 372-o‘qchilar diviziyasi 1240-o‘qchilar polkiga vzvod komandiri etib tayinlanadi. 1943-yil avgust oyidan 1944-yil mart oyiga qadar Volxov fronti ofitserlar tarkibining malakasini oshirish kursi kursanti bo‘lgan. 1945-yil iyunga qadar Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 53-gvardiya o‘qchilar divizisining 159-gvardiya polkida rota komandiri lavozimida xizmat qiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI