BAZINA ELENA KONSTANTINOVNA

        Leytenant Bazina Elena Konstantinovna, 1924-yil 8-sentabrda Leningrad viloyatining Tosnenskiy tumanida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1950 -yilda Qarshi shahridagi maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1942-yil fevral-1943-yil aprel oylari davomida Kalinin frontiga qarashli 118-o‘qchilar diviziyasining 259-alohida tibbiy-sanitariya batalonida yo‘riqchi sanitar lavozimida xizmat qilgan. 1943-yil aprel-1943-yil dekabr oylarida G‘arbiy front tarkibiga kiruvchi 7-gvardiya minomyotchilar diviziyasining 78-divizionida 2-batareya yo‘riqchi sanitari bo‘lgan. 1944 -yilning mart oyiga qadar kontuziya olganligi sababli 5824-gospitalida davolanadi hamda xizmatdan Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI