BAZAROV MIXAIL NIKOLAYEVICH

 

        Polkovnik Bazarov Mixail Nikolayevich, 1923-yil 10-noyabrda Kurgansk viloyati Polovinskiy tumani Polovinnoe qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1962-yilda Vazirlar Kengashi qoshidagi DXQ Oliy maktabini tamomlagan.

        1942-yil sentabr-noyabr oylari davomida Ural harbiy okrugiga qarashli 3-o‘quv o‘qchilar brigadasining 22-o‘quv snayperlar polkidagi 2-batalon 8-o‘quv rotasining kursanti bo‘lgan. 1942-1944-yillarda Janubiy-g‘arbiy va 3-Ukraina frontining Ural harbiy okrugiga qarashli 9-artilleriya diviziyasi IIXK maxsus bo‘limida kotib-shifrchi lavozimida xizmat qilgan. 1944-yil may oyidan 1945-yil may oyiga qadar 3-Ukraina frontiga qarashli 9-yorib o‘tish artilleriya diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili bo‘lgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI