BAYRAK IVAN ANDREYEVICH
Starshina Bayrak Ivan Andreyevich, 1919-yil 23-avgustda Dnepropetrovsk viloyati Petrikovskiy tumani Grechani qishlog‘ida tavallud topgan, millati ukrain, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1934-yilda Dnepropetrovsk viloyatining Novopokrovskiy tumani Trituznoe qishlog‘idagi o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.
1939-yil noyabr oyidan 1941-yil iyul oyiga qadar IIXK qo‘riqchi (konvoy) qo‘shinlarining 152-alohida bataloni (Chelyabinsk sh.) va 238-polki (Kuybisheyev sh.)da o‘qchi sifatida xizmat qiladi. 1941-yil iyul oyidan 1944-yil avgust oyiga qadar Xizmatni Leningrad frontining 381-o‘qchilar polkida o‘qchi lavozimida davom ettiradi. 1945-yil yanvar oyida janglarda yaralanib, 3965-evakuatsiya gospitalida (Samarqand) davolanadi. Salomatligini tiklagach, Turkiston harbiy okrugi tarkibidagi 54-zaxiradagi o‘qchilar polkiga xizmatga jo‘natiladi (Kattaqo‘rg‘on sh. Samarqand viloyati).
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.