BARINOV ANATOLIY PETROVICH

 

        Podpolkovnik Barinov Anatoliy Petrovich, 1914-yil 11-noyabrda Ivanovo viloyatining Kineshemskiy tumani Perfileyevo qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1939 -yilda Ivanovo to‘qimachilik institutini tamomlagan.

        1941-yil iyun-oktabr oylarida Janubiy-g‘arbiy frontning aerodromlarga xizmat ko‘rsatuvchi 407-batalonining kislorod-zaryadlash stansiyasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. Xizmatni 1941-yil noyabr oyidan 1945-yil may oyiga qadar Stalingrad, Janubiy, 3-Belorus, 1- va 4-Ukraina frontlarining qarashli aerodromga xizmat ko‘rsatuvchi 695-batalonning elektrotexnika vzvodi komandiri sifatida davom ettirgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI