BAPISHEV ASHIM TOKSANBAYEVICH

 

        Mayor Bapishev Ashim Toksanbayevich, 1909-yil 16-martda Qozog‘iston SSRning Janubiy Qozog‘iston viloyati Qizilqum tumanida tavallud topgan, millati qozoq, ma’lumoti oliy, 1936-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

        1941-yil iyul oyida IIXK Oliy maktabining Leningrad filialini tamomlagandan so‘ng O‘rta Osiyo harbiy okrugi tarkibidagi IIXX maxsus bo‘limining 93-alohida o‘qchilar brigadasida operativ vakili etib tayinlanadi. 1942-yil iyuldan boshlab Kalilin va 2-Boltiqbo‘yi frontlari 100-alohida o‘qchilar brigadasida IIXX maxsus bo‘limining katta operativ vakili lavozimida xizmat qiladi. 1945-yil avgust oyiga qadar 280-harbiy mahkumlarga xizmat ko‘rsatuvchi lagerda “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining katta operativ vakili lavozimida xizmat qilgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Jasurligi uchun” medali bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI