BADANOV ALEKSEY AFANASYEVICH

 

        Mayor Badanov Aleksey Afanasyevich, 1905-yil 14- fevralda Kuybishev viloyati Melekesskiy tumani Novaya-Mayna qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti boshlang‘ich, 1937-yilda qishloq maktabining 5-sinfini tamomlagan.

        1939-yil may 1941-yil sentabr oyi davomida O‘zSSR IIXKning moliya bo‘limida hisobchi va g‘aznachi lavozimlarida xizmat qilgan. 1941-1942-yillarda IIXK maxsus bo‘limlar boshqarmasining 8-bo‘limida (Moskva shahri) tajriba o‘taydi. 1943-yil may oyiga qadar Bryansk fronti 4-tankchilar korpusida IIXK maxsus bo‘limining kotib-shifrlovchi lavozimida xizmat qilgan. 1943-yilda 1-Ukraina fronti 6-gvardiya motoo‘qchilar brigadasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida operativ vakil, 1943-yil noyabrdan 1945-yil fevralga qadar 1-Ukraina fronti “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi zaxirasida bo‘lgan. 1945-yil may oyiga qadar 3-Ukraina frontining 6-gvardiya tankchilar armiyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida kotib lavozimida xizmatni davom ettirgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Budapeshtni ishg’ol etganligi uchun”, “Venani ishg’ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI