BABENKO IVAN GRIGORYEVICH

 

        Podpolkovnik Babenko Ivan Grigoryevich, 1923-yil 7-yanvarda Ukraina SSRning Xerson viloyati Novo-Troitsa tumani Askaniya-Novo qishlog‘ida tavallud topgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yil avgustda Kavkazorti fronti tarkibidagi 394-o‘qchilar diviziyasining 680-alohida zenit-artilleriya divizionida artilleriya ustasi lavozimidan boshlagan. 1942-yilda Kavkazorti fronti 394-o‘qchilar diviziyasining 165-alohida qiruvchi tankchilar qarshi artilleriya diviziyasida artilleriya ustasi bo‘lgan. 1942-yil avgust oyida kichik leytenantlar kursini tamomlagandan so‘ng Shimoliy Kavkaz fronti tarkibidagi 2-gvardiya tankchilar korpusi 10-gvardiya o‘qchilar brigadasiga artilleriya ustasi etib tayinlanadi. 1942-yil noyabr 1943-yil mart oylari davomida jangda yaralanib,
3700-evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so’ng
1945-yilning avgust oyiga qadar Kavkazorti fronti tarkibidagi 4-o‘quv tankchilarr polkida artilleriya ustasi lavozimiga jo‘natiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI