AZIZOV AXMAD MAXAMADJANOVICH

 

        Polkovnik Azizov Axmad Maxamadjanovich, 1923-yil 6-aprelda Toshkent viloyatining Chirchiq tumanida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1942-yilda Toshkent shahridagi 122-sonli o‘rta maktabni, 1956-yilda Xorazm davlat universitetini tamomlagan.

        1942-yil iyul oyida Qurolli Kuchlar safiga chaqiriladi va Gomelsk harbiy piyodalar bilim yurti (Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri)ga jo‘natiladi. SHu yilning avgust oyida Volxov fronti 19-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 61-gvardiya o‘qchilar polkiga qabul qilinadi. Sentabr oyida Leningrad ostonalarida fashist bosqinchilari bilan bo‘lib o‘tgan janglarda jarohat olib, o‘sha yilning noyabr oyiga qadar dala gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagach, Volxov fronti 2-zarbdor armiyasi 152-armiya zaxirasining o‘qchilar polkiga jo‘natiladi. 1943-yilda Volxov fronti 2-zarbdor armiyasi 20-gvardiya minomyotchilar polkining 210-gvardiya minomyotchilar divizioni aslahalari komandiri bo‘lgan. 1943-yil martdan 1945-yil noyabrgacha 2-Leningrad zarbdor armiyasi va 2-Belorus fronti DXXK harbiy senzurasi bo‘linmasining nazoratchisi lavozimida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil”, “Qurolli Kuchlar faxriysi” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI