AVEZMURATOV RAHIM

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (31.05.1945)

1924-yil 9-mayda Xorazm viloyati Shovot tumani Sovet Buyrachi qishlog‘ida dehqon oilasida tavallud topgan. O‘zbek. 1942-yil oktabridan Qizil Armiya saflida. Shaxsiy iltimosiga binoan zahira polkining kichik komandirlarning pulimyotchilar kursiga yuborilgan.1943-yil iyulda kichik serjant Avezmuratov frontga yuborilgan.
1944-yil serjant Avezmuratov 1-Belorus frontida jang qilgan. 69-armiya tarkibida birinchilardan bo‘lib Polsha chegaralaridan o‘tib, Visla daryosigacha yetib borgan. Jangdagi jasorati uchun 2 marta “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.
1945-yil yanvar oyining boshlarida Gurna (Polsha) aholi yashash punktidagi nomalum balandlik yaqinida razvedka jangi olib borishda, gvardiya serjanti Avezmuratov o‘zining pulimyot hisobi bilan yashirincha dushman transheyasiga kirib boradi. Jangchilar hujumga o‘tishganda, pulimyotchilar gitlerchilarga qarata o‘q olov yog‘diradi. Uning hisobi o‘nlab fashistlarni yo‘q qiladi va rotaning hujumini muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi. 77-gvardiya o‘qchilar diviziyasi komandirining buyrug‘iga asosan gvardiya serjanti Avezmuratov Rahim 1945-yil 20-yanvarda III-darajali «Shuxrat»ordeni bilan taqdirlanadi.
24-yanvar kuni Pulavaning (Polsha) janubiy-g‘arbiy hududida dushman mudofaasini yorib o‘tishda gvardiya serjanti Avezmuratovning hisobi o‘z olovi bilan o‘qchilar vzvodini qo‘llab-quvvatlaydi. Artilleriyachilar o‘t ochishni dushman mudofaasininng ichkarisiga ko‘chirishlari bilanoq, piyoda qo‘shinlari oldinga harakatni boshlaydi. Pulimyotchilar o‘qchilarning izlaridan qolmay, ularni qo‘llab-quvvatlab, 20 dan ortiq gitlerchilarni yo‘q qiladi. Transheyalarning birida, pulimyotchilarning o‘qlari tugaganligi sababli qo‘l jangiga kirishga to‘g‘ri keladi. Avezmuratov aniq va qat‘iyat bilan harakat qili, nemis askarining qo‘lidan avtomatni tortib oladi va o‘nlab dushmanlarni yo‘q qiladi.
69-armiya qo‘mondonininig buyrug‘i bilan 1945-yil 23-fevralda gvardiya serjanti Avezmuratov Rahim II-darajali «Shuxrat»ordeni bilan taqdirlanadi.
1945-yil 10-martda gvardiya katta serjanti Avezmuratov jangavor mahorati va shaxsiy jasoratini ko‘rsatadi. Polk komandirining taqdirlash uchun yozgan tavsiyasida: “54,2 balandlik uchun jangda o‘z pulimyoti bilan, hujumga o‘tgan piyoda qo‘shinlarini qo‘lab-quvvatlab, ularning oldinga haraktlanishi uchun yo‘lni tozalab berdi. Jangda uning barcha hisobi halok bo‘lsada, yolg‘iz qolgan Avezmuratov qarshi hujumga o‘tgan dushmanga qarata yakson qiluvchi olov yo‘llaydi. Jangda 20 ga yaqin gitletchilarni yakson qildi”. Aprelda Berlinga hujum boshlanganida, polk tarkibida Elbagacha boragan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya katta serjanti Avezmuradov I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil gvardiya katta serjanti Avezmuradov zahiraga bo‘shatilgan va o‘z qishlog‘iga qaytib kelgan. Traktorchilar kursini tamomlab, kolxozda ishlagan.
1983-yil 16-dekabrda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI