ATEMASOV GRIGORIY STEPANOVICH

 

        Katta serjant Atemasov Grigoriy Stepanovich, 1912-yil 28 fevralda Penza viloyati Lopatinsk tumani Pilkovo qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1927-yilda Lopatinsk tumanidagi qishloq maktabining 5-sinfini tamomlagan.

        1941-yilning oktabr oyidan 1942-yilning mart oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy frontiga qarashli 32-gvardiya diviziyasining 65-kavaleriya polkida qizil armiyasi sifatida harbiy xizmatni o‘taydi. Jangda yarador bo‘lganligi sababli 1942-yil mart-avgust oylarida evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagach, Qurolli Kuchlar zaxirasiga xizmatdan bo‘shatiladi.