ASTAFYEV ALEKSEY NIKOLAYEVICH

        Kapitan Astafyev Aleksey Nikolayevich, 1914-yil 17-martda Chkalov viloyati Tepalovsk tumani Krasnoe qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta,
1933-yilda Uralsk shahridagi o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan, 1935-yilda G‘arbiy Qozog‘iston veterinariya-zoologiya texnikumida tahsil olgan.

        1941-yil sentabr oyida Kalinin frontining 4-zarbdor armiyasi tarkibida 39-alohida o‘qchilar brigadasida qizil armiyachi sifatida Xizmatni boshlagan. 1942-yil mart 1943-yil fevral oylari davomida Kalinin frontining 4-zarbdor armiyasi tarkibida alohida aloqa kavaleriya yarimeskadronida starshina lavozimiga tayinlangan. 1943-yilda DXXK Sverdlovsk o‘lkalararo maktabi kursanti bo‘lgan. Mazkur ta’lim muassasasini tamomlagach, DXXK Poltava viloyat boshqarmasi Zolotonoshsk tuman bo‘linmasi yordamchisi lavozimiga tayinlanadi. 1945-yil yanvar-aprel oylarida DXXK Volinsk oblast boshqarmasi 2-bo‘limi katta operativ vakili sifatida xizmatni davom ettiradi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI