ASAMUTDINOV XAYRUTDIN

        Polkovnik Asamutdinov Xayrutdin, 1924-yil 5-mayda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1941-yilda 114-maktabni, 1950-yilda Toshkent Davlat xavfsizligi vazirligi operativ tarkibini tayyorlash maktabini, 1959-yilda O‘rta Osiyo universitetini tamomlagan.

        1942-yil oktabr oyidan 1943-yil avgust oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi 1-Xarkov tankchilar bilim yurti (Chirchiq sh.) kursanti bo‘lgan. O‘qishni tamomlagach, Ural harbiy okrugi 2-zaxiradagi tankchilar polki “T-34” tankchilar komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1943 -yil oktabr oyidan 1944-yil may oyiga qadar Stepnoy, 2-, 3-Ukraina fronti 110-tankchilar brigadasi 1-tankchilar batalonida “T-34” tankchilari komandiri, texnik ta’minot rotasining jangovar mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish boshlig‘i yordamchisi, texnik lavozimlarida harbiy xizmatni davom ettirgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida Ruminiya, Vengriya, Yugoslaviya, Avstriya, Germaniya va Chexoslovakiyada bo‘lgan. Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg’ol etganligi uchun”, “Venani ishg’ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI