ARTIKBAYEV ABDULLADJAN

 

        General-mayor Artikbayev Abdulladjan, 1925-yil 25-sentabrda Tojikiston SSRning Leninobod viloyatida tavallud topgan, millati tojik, ma’lumoti oliy, 1968-yilda O‘zbekiston KP Termez shahar qo‘mitasi qoshidagi marksizm va leninizm universitetini tamomlagan.

        1943-yil fevralda qizil armiyachi sifatida harbiy xizmatni harakatdagi armiyaning 368-zaxiradagi o‘qchilar polkida boshlaydi. 1943-yil sentabr oyidan 1945-yil aprel oyiga qadar Toshkent pulemyotchilar bilim yurti kursanti bo‘lgan. Ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng 1945-yil may oyiga qadar ofitserlar tarkibi zaxirasi 15-alohida polkida xizmatni davom ettiradi. 1945-yil fevralda Mukachev birlashgan polki tarkibida ukrain millatchilarining yashirin jinoiy tashkilotlarini yo‘q qilish maqsadida tuzilgan vzvodga komandir etib tayinlanadi va 2-Ukraina frontiga jo‘natiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “III darajali Qurolli Kuchlar safida Vatanga xizmat qilganligi uchun” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20, 30 va 40 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50, 60 va 70 yil”, “Qurolli Kuchlari faxriysi”, Afg‘oniston va Mongoliya medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“III DARAJALI QUROLLI KUCHLAR SAFIDA VATANGA XIZMAT QILGANLIGI UCHUN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 70 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLAR FAXRIYSI” MEDALI