ARTEMEV YURIY MIXAYLOVICH

 

        Katta leytenant Artemev Yuriy Mixaylovich, 1925-yil 18-aprelda Qozog‘iston SSR Jambul shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda o‘rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.

        1943-yil iyunda Gomel harbiy piyodalar bilim yurtini tamomlagandan keyin 20-gvardiya havo desanti brigadasining 1-bataloni o‘qchisi lavozimiga tayinlanadi. 1944-yil yanvar-avgust oylarida Kareliya fronti 302-gvardiya o‘qchilar polkining 2-avtomatchilar rotasi avtomatchisi, 1945-yil yanvar oyiga qadar Mogilyov shahridagi 20-gvardiya havo desanti brigadasining razvedka rotasi avtomatchisi, 1945-yil yanvar-iyun oylarida 2 va 3-Ukraina frontlari 98-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 302-gvardiya o‘qchilar polki 2-avtomatchilar rotasi avtomatchisi lavozimlarida xizmat qiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “III darajali Shon-sharaf” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI