APARIN VASILIY IVANOVICH

 

        Aparin Vasiliy Ivanovich, 1924-yil 26-yanvarda Qozog‘iston SSRning Kokchetay viloyati Nikolskoe qishlog‘ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda Andijon shahridagi maktabning 6-sinfini tamomlagan.

        Harbiy xizmatni 1942-yil sentabrda gvardiya minomyotchilari 2-o‘quv minomyotchilari brigadasi (Moskva sh.) kursanti sifatida boshlaydi. 1942-yil dekabrdan 1943-yil yanvarga qadar 315-gvardiya minomyotchilar polkida xizmat qilib, u yerdan 1943-yil yanvarda 2-Ukraina frontiga jo‘natiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Harbiy jasorati uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI