ANTONOV NIKOLAY ALEKSANDROVICH

 

        Leytenant Antonov Nikolay Aleksandrovich, 1924-yil 21-dekabrda Qozog‘iston SSRning Kokchetay viloyati Zerenada qishlog‘ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1940 -yilda Qo‘rg‘ontepa shahridagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1942-yil avgust oyidan 1943-yil mart oyiga qadar Orlov piyodalar bilim yurti (Chorjo‘y sh.) kursanti bo‘lgan. 1943-yil mart-1944-yil dekabr oylarida Bryansk va 2-Belorus frontlari 922-o‘qchilar polki 250-o‘qchilar diviziyasi bo‘linma komandiri, radist lavozimlarida xizmat qilgan. Xizmatni 1945-yil iyul oyiga qadar 2-Ulyanovsk tankchilar bilim yurtida (Ulyanovsk sh.) kursant sifatida davom ettirgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “III darajali Shon-sharaf” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI