ANISTRATENKO ALEKSANDR YAKOVLEVICH

 

        Podpolkovnik Anistratenko Aleksandr Yakovlevich, 1915-yil 27-avgustda Ukraina SSR Kirovograd viloyati Znamensk tumani Vasino qishlog‘ida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1933-yilda 7-yillik o‘rta maktabni va pedagogika texnikumining 2-bosqichini tamomlagan.

        1941-yil iyundan 1942-yil martga qadar NKVDning Janubiy-g‘arbiy fronti 255-o‘qchilar diviziyasidagi maxsus bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan boshlagan. 1942-yilda IIXKning Shimoliy-g‘arbiy fronti o‘qchilar brigadasi maxsus bo‘limi boshlig‘i, 1942-yilda 200-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida xizmatni davom ettirgan. 1944-yilda “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi kadrlar bo‘limi zaxirasidan 56-o‘qchilar diviziyasiga katta operativ vakil sifatida jo‘natiladi. 1944-yil avgust oyidan 201-Gatchinsk o‘qchilar diviziyasi o‘qchilar polkida katta operativ vakil bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug‘ Vatan urushi davridagi sharafli mehnati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI