ANANSKIY IVAN ILICH

 

        Ananskiy Ivan Ilich, 1914-yil 5 mayda Voronej viloyati Gryazinsk tumani Novo-Goritovo qishlog‘ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1929-yilda maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yil fevralda G‘arbiy front 36-o‘qchilar brigadasi IIXX maxsus bo‘limi starshinasi lavozimida boshlagan. 1942-yil mart-sentabr oylarida G‘arbiy front siyosiy bo‘limi kursanti bo‘lgan. 1942-yil sentabr oyida G‘arbiy front 33-armiyasi 3-alohida o‘qchilar bataloni rota siyosiy rahbari lavozimida tayinlangan. 1943-yil yanvar 1944-yil fevral oylarida Voronej aloqa bilim yurti, keyinchalik esa O‘rta Osiyo harbiy okrugi “Vistrel” guruhida tahsil olgan. 1944-yil fevralda O’zSSR DXXK 2-bo‘limi operativ vakili yordamchisi bo‘lgan.