AMANOV BULTUR

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (15.05.1946)

1920-yil 20-iyun Andijon viloyati Andijon tumanida Nayman qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 5-sinfni tugatgan. Baliqchi tumani “Kommuna” kolxozida ishlagan.
1940-yildan Qizil Armiya safida.1941-yildan Ikkinchi jahon urushida.
1944-yil 10-oktabrda 18-gaubisa artilleriya brigadasining 511-gaubitsa artilleriya polkining(1-Belorus ftonti, 47-armiya, 6-artilleriya diviziyasi) Varshava (Polsha) razvedkachisi Amanov Remjelitsizna aholi yashash punktidagi (Varshava shahridan shimolda) jangda piyoda qo‘shinlarining old qatorida bo‘lib, dushmanning o‘q otar vositalarini (qurollarini) joylashuvi haqida aniq ma’lumotni qo‘lga kiritadi.
1944-yil 19-oktabrda qo‘l ostidagi razvetka guruhi bilan o‘q ochsh nuqtasini, 2 ta pulemyotni va tankga qarshi orudiyani joylashgan joyini aniqlaydi va artilleriya yoqdamida yoq qiladi.
6-artilleriya divizisi komandirining buyrug‘i bilan 1944-yil 13-noyabrda oddiy askar Amanov Bultur III-darajali “Shuxrat”ordeni bilan taqdirlanadi.
Shu diviziya, brigada va polk razvetkachisi (1-Belorus fronti,61-armiya) Amanov 1945-yil 1-fevralda Shnaydemyul (Germaniya) shahri uchun jangda, hozirgi Pila (Polsha), halok bo‘lgan orudiya hisobi raqamini almashtirib jangchilari bilan 2 ta pulemyotni, o‘q-dori omborini, 20-ga yaqin dushman askarlarini yakson qiladi, uylarga o‘rnashib olgan dushmanning 3 ta o‘q otish nuqtasini yo‘q qiladi va 4-ta dushman qarshi hujumini qaytaradi.
61-armiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan 1945-yil 7-mayda II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi.
Aynan shu diviziya va polk (1-Belorus fronti 47-armiya) tarkibida oddiy askar Amanov, 1945-yil 16-17 aprelda Vritsel (Germaniya) shahri uchun bo‘lgan jangda dushman o‘t ochish qurollarini razvedka qilish vazifasini oladi. Dushman mudofaasining old qismida artilleriya batareyasi va 7-ta o‘t ochish nuqtasi borligini aniqlaydi. Amanovnining bergan koordinatalariga asosan dushman nishonlari yoq qilinadi. Piyoda qo‘shinlarining jangavor safida bo‘lib 1 ta artilleriya batareyasi va 2 ta pilemyot nuqtasi joyini aniqlaydi va ular yo‘q qilinadi. Jang maydonida og‘ir vaziyat yuzaga kelganida Amanov tankga qarshi granata bilan 2 ta tankni va o‘ziyurar artilleriya orudiyasini yo‘q qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, qizil armiya jangchisi Amanov Bultur I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1946-yil zahiraga bo‘shatilgan. Vataniga qaytgan.1968-yil o‘rta maktabni 8-sinfini tugatgan. Kolxozda sug‘oruvchi va fuqarolarni himoya qilish tashkilotida birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1989-yilda Andijon viloyatining Babagazi qishlog‘ida yashagan. Mehnatda erishgan yutuqlari uchun “Mehnat faxriysi”medali bilan taqdirlangan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI