AMANBOYEV ALIMBAY

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxra”t ordenining to‘liq sohibi (07.06.1968)

1922-yil 23-oktabr Turkmanistonning Tashavuz viloyati Kunya-Urgench tumani Kunya-Urgench qishlog‘ida ishchi oilasida tavallud topgan. Qozoq.
1941-yil dekabrdan Qizil Armiya safida. Ikkinchi jahon urushida 1942-yil aprel oyidan.
101-gvardiya artilleriya qiruvchi-tankka qarshi polka yo‘naltiruvchisi Alimboy Atamboyev 1944-yil 10-15 oktabrda Lesne-Xilin axoli yashash punkti yaqinida dushman hujumini qaytarishda 2 ta dushman pulimyotini va 2 ta dushman tankini yakson qilgan. 1944-yil 23-noyabrda III-darajali “Shuxrat ” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 26-yanvarda Vartenburg yaqinida dushmanning qarshi xujumini qaytarishda 101-gvardiya artilleriya qiruvchi-tankka qarshi polka orudiya hisobi komandiri Alimbay Amanbayev dushmanning 1 ta tankini, 6 ta pulimyot o‘t ochish nuqtasini yakson qiladi va shahsiy qurolida dushmanning son jihatda guruxga teng askarlarini qirib tashlaydi.
1945-yil 16-aprelda II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 20-aprelda Grayfenxagena yaqinidagi jangda Amanbayev boshchilik qilgan hisob 2 ta dushman pulimyotini va 15 ga yaqin dushman askarlariga talofat yetkazib, o‘qchi bo‘linmalarni Oder daryosini kechib o‘tishiga va chap qirg‘og‘iga o‘rnashib olishiga yordam beradi. 1945-yil 24-aprelda platsdarmni kengaytirishda Alimbay Amanbayevning hisobi o‘nlab dushman askarlarini va 3 ta pulimyotini yakson qiladi.
1945-yil 2-iyun kuni yana II-darajali “Shuxrat ”ordeni bilan taqdirlangan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1968-yil 7-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Alimbay Amanbayev I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1946-yil zaxira bo‘shatilgan. Nukus shaxrida yashaydi. Mexanizatsiya ishlarini olib borish boshqarmasida chilangar bo‘lib ishlagan.
Oktabr revolyutsiyasi, I va II-darajali II-jaxon urushi ordenlari, “Qizil Yulduz”, I, II va III-darajali “Shuxrat” ordenlai bilan taqdirlangan.

 

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI