ALPISOV ISA

 

        Katta leytenant Alpisov Isa, 1914-yil 1-sentabrda Qozog‘iston SSRning Qizil O‘rda viloyatida tug’ilgan, millati qozoq, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1939-yilda Leningrad texnikumining 2-bosqichini tamomlagan.

        1941-yil sentabrda IIXKning o‘lkalararo maktabini tamomlagach, O‘rta Osiyo harbiy okrugi 96-kavaleriya diviziyasining IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili lavozimiga tayinlanadi. 1942-yil aprel-noyabr oylarida Samarqand viloyati
90-o‘qchilar brigadasi IIXK maxsus bo‘limi, 1943-yil fevral oyiga qadar
Janubiy-g‘arbiy front 3-armiyasi 90-o‘qchilar brigadasi IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili lavozimlarida xizmat qilgan. 1943-yil mart-noyabr oylarida jangda yaralanganligi sababli 1263-evakuatsiya gospitali (Samarqand sh.)da davolanadi. 1943-yil noyabrda O‘rta Osiyo harbiy okrugi 20-a’lochi o‘qchilar snayper tayyorgarligi okrug maktabida (Turkmaniyaton SSR Kushka sh.) “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili, 1944-yil oktabr-1945-yil fevral oylarida O‘rta Osiyo harbiy okrugi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi zaxira operativ vakili lavozimlarida xizmat qilgan.