ALLEBERDIYEV AXMET
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi(10.04.1945)
1925-yil 5-may Turkmanistonning Mariy viloyati Taxtabozor qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.Ota-onasi bilan O‘zbekistonning Oqqo‘rg‘on savxozida yashagan. Turkman.
II jaxon urushi boshlanganida 16 yoshda bo‘lgan, maktab o‘quvchisi bo‘lgan.1943-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan va uzoq sharqqa zaxiradagi polkka yuborilgan.
1943-yil yanvarda Armiya safiga chaqirilgan va o‘q-dori tashuvchi lavozimiga tayinlangan. Stalaningrad frontida birinchi bor jangga kirgan va 1 oydan so‘ng kontuziya olgan. 1943-yil yozda davolanib chiqadi. Kursk old qismini mudofaa qilayotgan 73-o‘qchilar diviziyasiga marsh rotasi bilan kelib qo‘shiladi. Iyul oyining boshida mudofaa jangida Axmet ikkinchi marta qattiq kontuziya oladi va yana gospitalga tushib qoladi. Bu safar to‘liq davolanmay, Alleberdiyev gospitaldan qochib Dnepr daryosining o‘ng qirg‘og‘ida o‘z qo‘shiniga yetib oladi.
1944-yil 21-fevralda 471-o‘qchilar polkining pulimyotchilar rotasi Pochantsi qishlog‘ida dushmanning kuchli qarshi hujumini qaytaradi. Jangni avjiga chiqqan vaqtida Allemberdiyev bo‘sh turgan pulimyotni 5 ta quti o‘q-dorisi bilan topib oladi. Pulimyot yo‘naltiruvchisi halok bo‘lganligi sababli uning o‘rnini egallaydi. Pulemyotni o‘qlab, fashistlarni o‘ziga yaqinlashishini kutib. tepkini bosadi. Uning kuchli olovidan so‘ng 20-dan ortiq dushman askarlari va ofitserlarining murdasi qor ustida qoladi.
1944-yil 7-mart 73-o‘qchilar diviziyasi komandirining buyrug‘i bilan oddiy askar Alleberdiyev “O‘zining jangdagi jasurligi va mardonavor harakatlari uchun”, III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlanadi.
1944-yil 27-iyul Lyaxa (Polsha) aholi yashash punkti yaqinida dushmanning qarshi hujumini qaytarishda o‘zining mardonavor va jangovar mahoratini ko‘rsatadi. Dushmanning yon tomoniga pulimyot bilan o‘tib, dushman piyodalarini tanklardan ajratib olib, 50-ga yaqin gitlerchilarni qirib tashlaydi va 2-ta o‘t ochish nuqtasini yo‘q qiladi. Piyoda qo‘shinlarisiz qolgan tanklar artilleriya olovi ostida qoladi.
1944-yil 18-avgustdagi buyrug‘ bilan “O‘zining jangdagi jasoratli va mardonavor harakatlari uchun”, oddiy askar Alleberdiyev Axmet II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlanadi.
15-oktabrda Natyurke-Bunte aholi yashash punkti yaqinida dushman 8 marta hujmga o‘tib sovet jangchilarini ortga surib tashlashga va vaziyatni tiklashga harakat qiladi. Lekin har safar katta yo‘qotishlar bilan ortga chekinishga majbur bo‘ladi. Pulimyot hisobi komandiri katta serjant Alleberdiyev jangda 40-ga yaqin gitlerchilarni yo‘q qiladi. Polk komandiri uni I-darajali «Shuxrat» ordeniga tavsiya etadi.
Hujjatlari yuqori qo‘mondonlikka yetgunicha pulimyotchi-qahramon Polsha va Sharqiy Prussiya hududida dushmanni tor-mor qilishni davom etayotgan edi. Janglarning birida quyuq tumanda Alleberdiyev dushmanning ortiga o‘tib borib, polkninig ilgarilash yo‘nalishidagi o‘t ochish vositasini, minamyot batareyasini va bir necha pulimyot o‘t ochish nuqtalarini yakson qiladi. Bu jasorati uchun 2 chi bor “Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Alleberdiyev Axmet I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil ohirida zahiraga bo‘shatilgan va Vataniga qaytgan. Turkmaniston SSRning Taxta-Bozor tumanidagi Engels kolxozida paxta dalasida sug‘oruvchi bo‘lib ishlagan. Bayrach qishlog‘ida qishloq Kengashi deputati bo‘lgan.
Taxta-bozor qishlog‘ida yashab kelmoqda. «Shuxrat»ordenining 3 ta darajasi, 2 ta “Qizil Bayroq”ordeni va Jahon urushi I-darajali ordeni sohibi.