ALIYEV MAMATVALI

 

        Podpolkovnik Aliyev Mamatvali, 1923-yil 23-oktabrda Namangan shahrida tug’ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1938-yilda o‘rta maktabni, 1941-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini, 1955-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        1941-yil iyun oyidan 1942-yil iyul oyiga qadar Xarkov harbiy piyodalar bilim yurti kursanti bo‘lgan. O‘qishni tamomlagach, O‘rta Osiyo harbiy okrugi 94-o‘qchilar brigadasi (Olmaota sh.) komandiri, 1942-yil avgust oyidan 1943-yil mart oyiga qadar Stalingrad frontining 76-alohida axloq tuzatish bataloni o‘qchilar rotasi komandiri lavozimlarida xizmat qilgan. 1954-yil iyul oyiga qadar 4-Ukraina fronti 39-alohida axloq tuzatish bataloni shtab boshlig‘i yordamchisi lavozimida xizmatni o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Jamoat tartibini saqlashdagi a’lo xizmatlari uchun”, “harbiy jasorati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDAGI A’LO XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI