ALIMOV MIRZAMURAD

        Podpolkovnik Alimov Mirzamurad, 1921-yil 1-fevralda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1934-yil o‘rta maktabning 7-sinfini, 1940-yilda Davlat teatr san’ati institutini tamomlagan, 1960 yilda DXQ oliy kursida tahsil olgan.

        1940-yil oktabr oyida Leningrad fronti tarkibida 3-motoo‘qchilar polkida razvedkachi sifatida harbiy xizmatni boshlagan. 1941-yil noyabr-1942-yil noyabr oylarida Kareliya fronti 14-armiyasiga qarashli 1865-evakuatsiya gospitalida kutubxonachi bo‘lgan (jangda yarador bo‘lgan). Salomatligini tiklab, Kareliya fronti tarkibidagi 14-armiya artilleriya-ta’mirlash ustaxonasida katta kotib lavozimida xizmatni davom ettiradi. 1943-yilda Kareliya frontiga qarashli 14-Armiyaning 401-dala pochtasi boshqarmasida katta pochtachi, 1944-yil may oyiga qadar Kareliya frontining
10-gvardiya o‘qchilar diviziyasiga qarashli 35-gvardiya o‘qchilar polkida o‘qchi lavozimida xizmat qiladi. 1944-yil may-dekabr oylarida Kareliya frontining “SMERSH” kontrrazvedka kurslari kursanti bo‘lgan. O‘qishni tamomlagach, 1945-yil avgust oyiga qadar 172-zaxiradagi armiya o‘qchilar polkida bo‘linma komandiri lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Zapolyare mudofaasi uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20, 30 va 40 yil”, “Jamoat tartibini saqlashdagi a’lo xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50, 60 va 70 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ZAPOLYARE MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“JAMOAT TARTIBINI SAQLASHDAGI A’LO XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 70 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI