ALEKSANDROV SERGEY NAUMOVICH
Mayor Aleksandrov Sergey Naumovich, 1919-yil 20-oktabrda Smolensk viloyatining Prechistenko tumani Shilovichi qishlog‘ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Duxovishinsk pedagogika bilim yurtini, 1949-yilda marksizm va leninizm kechki universitetini (Farg‘ona sh.) tamomlagan.
1941-yil iyul oyidan 1942-yil yanvar oyiga qadar G‘arbiy, Kalinin va Bryansk frontlari 360-gaubitsiya artilleriya polkining qurol-aslahalar komandiri, 1943-yilning oktabr oyidan 1946-yilning noyabr oyiga qadar 1-Ukraina frontining vayron qiluvchi 116-og‘ir gaubitsa artilerriya brigadasi
4-divizion boshqarmasi vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.