ALEKSANDROV GEORGIY KONSTANTINOVICH

 

        Podpolkovnik Aleksandrov Georgiy Konstantinovich, 1918-yil 18-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1956-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        1936-yil avgustda Toshkent harbiy pyodalar bilm yurtiga o‘qishga kiradi. 1942-yil aprelda Uzoq Sharq fronti shtabining razvedka bo‘limiga qarashli “Krido” radiotarmog‘i apparatining katta texnigi lavozimiga tayinlanadi va shu yilning iyul oyida Uzoq Sharq fronti 88-alohida o‘qchilar brigadasining alohida radiobataloni shtabining boshlig‘i lavozimida xizmatni davom ettiradi. 1943-yil iyul-dekabr oylarida 187-o‘qchilar diviziyasi 208-o‘qchilar polkining batalon katta ad’yutanti, 1944-yil dekabr oyiga qadar 1-armiya 257-tankchilar brigadasi motoo‘qchilar pulemyotchilar bataloni katta ad’yutanti lavozimlarida xizmatni o‘tagan va so‘nggi egallab turgan lavozimidan salomatligi tufayli harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlari zaxirasiga bo‘shatilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI