AKILOV ASAD AKILOVOCH

     

        Leytenant Akilov Asad Akilovoch, 1914 -yilda Samarqand shahrida tug’ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1930-yilda Toshkent pedagogika institutining ishchilar fakultetini tamomlagan.

        1936-yilda xizmatni qizil armiyachi sifatida 68-tog‘ o‘qchilar diviziyasida (Termez sh.) boshlagan. 1939-1941-yillarda IIXKning harbiylashtirilgan yong‘indan mudofaa qilish maktabi tinglovchisi bo‘lgan (Leningrad sh.). Mazkur maktabni tamomlagach O‘zSSR IIXK yong‘indan muhofaza qilish boshqarmasi (Toshkent sh.) noziri lavozimiga xizmatga jo‘natiladi. 1942-yilda IIXK 2-maxsus bo‘limi nazoratchisi bo‘lgan. 1942-1943-yillarda IIXK maxsus bo‘limi, keyinchalik Kalinin fronti 134-o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili lavozimlarida harbiy xizmatni o‘tagan. 1943-yil 1-avgustda fashist bosqinchilariga qarshi janglarda mardlarcha halok bo‘lgan.