AKCHURIN MUNIR DAVIDOVICH
Mayor Akchurin Munir Davidovich, 1925-yil 18-iyulda Penza viloyati Neyeverkin tumanidagi Bicheyevo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Namangan shahridagi 34-maktabning 9-sinfini, 1957-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.
1943-yil iyun oyida 1-Turkiston pulemyotchilar bilim yurtini tamomlagach, 8-aviadesantchilar brigadasiga parashyutchi etib tayinlanadi. 1943-yil avgustda 169-o‘qchilar diviziyasining 680-o‘qchilar polki oddiy askari bo‘lgan. 1943-yil avgust-noyabr oylarida
2976-evakuatsiya gospitalida davolangan (Smolensk viloyati). Salomatligi tiklangach, 379-o‘qchilar diviziyasiga qarashli 1255-alohida o‘qchilar polkiga jo‘natiladi. Navbatdagi jarohatdan so‘ng 1943-evakuatsiya gospitali (Buryatiya-Mongoliya ASSR)da davolanadi hamda o‘sha yerda xizmatdan Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo‘shatiladi.

