AGRAFENIN ALEKSEY YEFIMOVICH

 

        Mayor Agrafenin Aleksey Yefimovich, 1924-yil
28-mayda Kuybishev viloyatining Novodeviche tumanida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1948-yilda Toshkent aloqa politexnika texnikumini tamomlagan.

        1942-yil oktabr-1943-yil noyabr oylari davomida 1-Xarkov tankchilar bilim yurtida tahsil olgan. 1943-yil noyabr oyida 1-Boltiqbo‘yi fronti 1-tankchilari korpusi tankchilar komandiri bo‘lgan. 1944-yil may oyidan 1945-yil aprel oyiga qadar xizmatni 1-Boltiqbo‘yi fronti 143-tankchilar brigadasida vzvod komandiri sifatida o‘tagan. 1945-yil aprelda 2-Belorus fronti 66-gvardiya motorli brigadasi SU-122 komandiri lavozimida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 50 YIL” MEDALI