ABUYEV SAGINDIK ABUYEVICH

 

        Mayor Abuyev Sagindik Abuyevich, 1921-yil 20-oktabrda Astraxan viloyatining Kamizyak tumanida tavallud topgan, millati qozoq, ma’lumoti o‘rta, to‘liq bo‘lmagan o‘rta maktabni, 1940-yilda Astraxan pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

        1940-1941-yillarda ko‘ngillilar safida Qizil Yulduzli Ordjonikidze piyodalar bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Uni tamomlagach, Podolsk o‘qchi-minomyotchilar bilim yurtiga jo‘natiladi. 1941-yil sentabr oyidan boshlab Kavkazorti harbiy okrugi 28-zaxiradagi o‘qchilar brigadasining 81-zaxiradagi o‘qchilar polki vzvod komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1942-yil noyabrga qadar harbiy gospital (Pyatigorsk sh.)da davolanadi. Safga qaytgach 1942-yil noyabr oyidan 1945-yil avgust oyiga qadar Privoljsk harbiy okrugi 19-zaxira o‘qchilar diviziyasinig 378-zaxira o‘qchilar polki o‘quv vzvodi komandiri bo‘lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI