ABUSHAYEV KASHAF MUSTAFUTDINOVICH

     

        Polkovnik Abushayev Kashaf Mustafutdinovich, 1925-yil 25-yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan, millati tatar, ma’lumoti oliy, 1943-yilda Toshkent elektrotexnika texnikumini, 1953-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

        Harbiy xizmatni 1943-yil fevral oyida Serpuxov harbiy aviatexnika maktabi (Qizil O‘rda sh.) kursanti sifatida boshlagan. 1944-yil aprel-iyun oylarida Privoljsk harbiy okrugi 12-zaxira aviapolki aviatexnigi lavozimida xizmat qilgan. 1947-yilning aprel oyiga qadar Xizmatni 3-Ukraina frontini kuchaytirish maqsadida mazkur okrugning 17-havo armiyasi 210-aviatsiya polki hujumchilar guruhi aviatexnigi sifatida jo‘natiladi. Keyinchalik qo‘shinlarning Janubiy guruhida xizmatni davom ettirib, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya va Avstriyani ozod qilishda jangovar samoletni boshqarib ishtirok etadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20, 30 va 40 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil”, “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan yurist” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“O‘ZBEKISTON SSRDA XIZMAT KO‘RSATGAN YURIST”