ABRAMOV VIKTOR ALEKSEYEVICH

     

        Kapitan Abramov Viktor Alekseyevich, 1924-yil 6-fevralda Ozarbayjon SSRning Baku shahrida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Baku shahrida 33-o‘rta maktabining 10-sinfini tamomlagan.

        1942-yil sentabr oyida 8-alohida tog‘-o‘qchilar otryadi tarkibida Kazkaz frontiga jo‘natilgan. 1942-yil noyabr oyidan 1943-yil fevral oyiga qadar Borjomi-Lekani shahridagi gospitalda davolangan. Salomatligini tiklagach, Baku zenit artilleriyasi bilim yurtida, keyinchalik esa Chkalov zenit artilleriyasi bilim yurtida o‘qiydi. 1944-yil noyabrda 3-Belorus fronti 525-alohida zenit artilleriya diviziyasida xizmatni davom ettirgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga
20 yil”, “Qurolli kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI