ABDURAZAKOV MUNIR

 

        Mayor Abdurazakov Munir, 1914-yil 30-dekabrda Qozog‘iston SSRning Semipalatinsk viloyatining Kazanbay qishlog‘ida tavallud topgan, millati qozoq, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda 7 yillik kechki maktabni, 1960-yilda Toshkent elektromexanika texnikumini tamomlagan.

        1941-yilda IIXK Mogiliyev o‘lkalararo maktabini (Leningrad sh.) tamomlagandan keyin Leningrad va Shimoliy front havo mudofaasi 2-korpusi IIXKning maxsus bo‘limiga operativ vakil sifatida jo‘natilgan. 1942-yil dekabrdan 1943-yil noyabrga qadar Leningrad fronti havo mudofaasi 115-zenit-artilleriya polki IIXX maxsus bo‘limi katta operativ xodimi bo‘lgan. “SMERSH” kontrrazvedka bosh boshqarmasi 1-Moskva maktabi qoshidagi operativ tarkibning malaka oshirish kursiga jo‘natilgan. 1944-yil aprel oyidan 1945-yil iyun oyigacha “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining Farg‘ona garnizoni Armavir uchuvchilar maktabiga xizmat ko‘rsatuvchi katta operativ xodim lavozimida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI