ABDULLAYEV GULYAMDJAN XAKIMOVICH

        Mayor Abdullayev Gulyamdjan Xakimovich, 1923-yil 18-martda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 1940-yilda 12-sonli Samarqand pedagogika bilim yurtini, 1951-yilda kechki marksizm va leninizm universitetini tamomlagan.

        1942-yilning aprel-sentabr oylarida Toshkent harbiy piyodalar bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1942-yilning sentabr oyidan 1943-yilning mart oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugiga qarashli Kerki shahridagi 213-o‘qchilar diviziyasining 793-o‘qchilar polkida minomyotchilar vzvodi komandiri bo‘lgan. 1943-yilning mart oyidan
        1945-yilning may oyiga qadar Voronej, Stepnoy, Belorus va Ukraina frontlarining 213-o‘qchilar diviziyasi 793-minomyotchilar vzvodi komandiri lavozimida harbiy xizmatni o‘tagan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI