Kapitan Abdullayev Fayzulla, 1922-yilda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tavallud topgan, millati o‘zbek.
1941-yilning dekabr oyidan 1942-yilning may oyiga qadar 1243-o‘qchilar polkining 96-alohida o‘qchilar brigadasida qizil armiyachi sifatida xizmat qilgan. 1942-yilning may-dekabr oylarida kichik leytenantlar kursi kursanti bo‘lgan, o‘qishni tamomlagach, 375-o‘qchilar diviziyasining 1241-o‘qchilar polki minomyotchilar vzvodiga komandir etib tayinlangan. 1943-yil iyul-avgust oylarida 3276-sonli evakuatsiya gospitalida davolangan. Salomatligini tiklab, 306-gvardiya diviziyasi 106-gvardiya o‘qchilar polkining minomyotchilar batareyasi komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1943-yilning dekabr oyidan 1944-yilning aprel oyiga qadar 2783-sonli evakuatsiya gospitalida davolangan. 1944-yilning mayiga qadar 306-gvardiya diviziyasi 106-gvardiya o‘qchilar polkining minomyotchilar batareyasi komandiri bo‘lgan.