YOQUBOV QOSIM BESHIMOVICH
kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.01.1944)

1911-yil 15-okabrda Qo‘qon shaxrida tug‘ilgan. O‘zbek, Toshkentdagi zavodda ishlagan, 1942-yil Qizil armiya safiga chaqirilgan.
1943-yil 27-sentabrda vzvod komandiri yordamchisi kichik serjant Yoqubov Qosim xizmat qilgan Markaziy front 61-armiyasi 415-o‘qchi diviziyasi 1323-o‘qchi polki (Cherninov viloyatining Repkin tumani) Zmei qo‘rg‘oni hududiga Dnepr daryosiga yaqinlashadi.
Uning vzvodi qo‘lbola vositalar yordamida daryodan kechib o‘tishga kirishadi. Kechuv davomida vzvod komandiri yaralanadi. Yakubov vzvod boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi. Dushmanning shiddatli pulemyot o‘qlari ostida askarlar Dneprning o‘ng qirg‘og‘iga kechib o‘tishadi va platsdarmni egallashga muvaffaq bo‘ladilar. Uch kecha kunduz davom etgan jangda Yoqubov boshchiligida vzvod dushmanning 17 ta qarshi xujumini qaytaradi va egallagan platsdarmni qo‘ldan boy bermaydi. Yoqubovning mohirona boshqaruvi tufayli yo‘qotishlar kam bo‘lgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15 yanvardagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Qosim Beshimovich Yoqubov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Farg‘onada yashagan. 1954-yil 9-noyabr kuni vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI