ZEYBERLIN ALEKSANDR PAVLOVICH
kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.01.1944).

1916-yilda Saritsinoda (hozirgi Volgograd) tug‘ilgan. Maktabning yettinchi sinfini tugatgach, O‘zbekiston SSRning Qarshi shahrida yashab, mehnat qilgan. 1942-yilda Qarshi harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan.
1943-yil yanvardan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yil oktabrda Voronej fronti 38-armiyasi 136-o‘qchi diviziyasi 269-o‘qchi polkining vzvod komandiri bo‘lgan. Dneprdagi jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 2-oktabr uning boshchiligidagi o‘qchi guruh, Kiyevning janubiy chekkasidagi Kazak oroli hududida Dneprni kechib o‘tadi. Daryoning g‘arbiy sohilidagi janglarda dushman pulemyotini yakson qiladi, dushmanning 6 ga yaqin askar va ofitserlarini qirib tashlaydi.
3-oktabr kuni nemislarning qarshi hujumini qaytarishda dushmanning 8 nafar askar va ofitserlarini shaxsan o‘zi yo‘q qiladi. Jangda olgan jarohatiga qaramay, jangni davom ettiradi.
14-oktabrda uning vzvodi Ukraina SSR Kiyev viloyatining Lyutej Vishgorod qishlog‘ini ozod qilishda faol ishtirok etadi, natijada asosiy kuchlarning muvaffaqiyatli oldinga harakatlanishiga imkon beradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 10-yanvardagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Aleksandr Pavlovich Zeyberlin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
U 1950-yil 16-yanvarda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI