ZABRODIN NIKOLAI FEDOROVICH
podpolkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (04.06.1944)

1905-yil 19-dekabrda Dubrovka qishlog’ida (hozirgi Penza viloyati Spasskiy tumanida) dehqon oilasida tug’ilgan. Rus. Maktabning 7-sinfini tamomlagan. U Slavyansk qishlog’ida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati Slavyanka shaharchasi) un ishlab chiqarish korxonasida mashinist bo’lib ishlagan. Keyinchalik urush boshlanishidan avval Farg’onada yashagan.
1927-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1932-yilda Toshkent otliqlar maktabini, 1935-yilda esa «Otish» kurslarini, 1936-yilda Harbiy-siyosiy akademiya qoshidagi siyosiy xodimlar malakasini oshirish kurslarini tamomlagan.
1941-yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yil 28-sentabrdan 1944-yil 18-yanvargacha 166-o‘qchi diviziyasi 735-o‘qchi polkining komandiri bo‘lgan. (2-marotaba tuzilgan).
1943-yil 13-dekabrda 735-o‘qchi polki (1-Boltiqbo‘yi fronti 4-hujum armiyasi 166-o‘qchi diviziyasi) uning komandirligi ostida Belarussiyaning Vitebsk viloyati Gorodok tumani Kuzmino qishlog’i yaqinida Pskov viloyatining Nevel shahriga olib boruvchi yo‘lni egallab olib, dushmanning ikki katta guruhlarini bog’lovchi aloqani uzib qo’yadi.
1943-yil 16-dekabrda dushman qo’shni diviziya hududidagi Sovet qo’shinlarining mudofaasini buzib kiradi, natijada 735-o‘qchi polkining bo‘linmalari butunlay qurshovda qoladi. Dushmanning ikkita piyoda polki, tank va artilleriyalari podpolkovnik Zabrodin polkiga zarba beradi. Polk komandiri aylanma mudofaani mohirlik bilan tashkil qilganligi oqibatida polk qurshovda harakatlangan holda, ertasi kungi tonggacha dushmanga jiddiy talofot yetkazib, qism va bo’linmalarining barcha qarshi hujumlarini muvaffaqiyatli qaytaradi. Ertalab esa Zabrodin polki Nevel shahri tomon harakatlanayotgan tank korpusining bo’linmalariga borib qo‘shiladi.
1943-yil 13-17 dekabr kunlari bo’lib o’tgan janglar davomida podpolkovnik Nikolay Zabrodin boshchiligidagi polk dushmanning tirik kuchi va texnikasiga jiddiy talofot yetkazdi, aynan 700 tagacha dushmanni yo‘q qilgan va 1500 piyodalariga jarohat yetkazgan, 237 nemis askar va ofitserini asirga olgan, 15 ta tank, 40 tagacha shaxsiy tarkib joylashgan transport vositalari, ko’plab qurol va minomyotlarini yo’q qildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 4-iyundagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, podpolkovnik Zabrodin Nikolay Fyodorovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin turli qo’mondonlik va shtab lavozimlarida xizmat qilgan. 1954 yilda zahiraga bo‘shatilgan.
U Dnepropetrovskda yashagan. 1988-yil 16-yanvarda vafot etdi va Sur-Litva qabristoniga dafn qilindi.
Bednodemyanovsk shahri qahramonlari xiyobonida uning bуusti o’rnatilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"3-darajali Suvorov" ordeni.

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI